Habib Nurmagomedov otasini "Manchester Yunayted"ning sobiq murabbiyiga qiyosladi.

- Sen futbol ishqibozisan. Otang va Xaver Mendesni, masalan, ser Aleks Fergyuson, Karlo Anchelotti, Pep Gvardiola bilan qanday taqqoslagan bo'larding?

- Menimcha, otam ser Aleks Fergyusonga, Xaver esa Karlo Anchelottiga o'xshaydi. Ha, men shunday deb o'ylayman.

Albatta, Gvardiola buyuk murabbiy, lekin bu etarli emas. Unga yana bir necha, balki o'n mavsumcha kerak bo'ladi. U qancha vaqtdan beri cho'qqida, 15 yilmi? Taxminan 15 yil. Ser Aleks Fergyuson yoki Karlo Anchelotti-chi? Ular otam va Xaver kabi 30 yilcha cho'qqida bo'lishgan.

Pep Gvardiola, Xabi Alonso, Luis Enrikega shunchaki yana ozgina vaqt kerak", - dedi engil vazn toifasidagi sobiq UFC chempioni.