Habib Nurmagomedov Globe Soccer Awards marosimida Pol Pogbaga mukofot topshirdi

Mashhur rossiyalik aralash yakkakurashlar jangchisi, UFC engil vazn toifasidagi sobiq chempioni Habib Nurmagomedov Dubayda o'tayotgan Globe Soccer Awards marosimida «Monako» yarimhimoyachisi Pol Pogbaga mukofot topshirdi. Pogba «yilning eng yaxshi kambeki» uchun taqdirlandi.
Pogba 2025 yil yozida doping iste'moli uchun berilgan diskvalifikatsiyasi yakunlanganidan so'ng erkin agent maqomida «Monako»ga qo'shilgan edi. Joriy mavsumda u Frantsiya chempionatida «Monako» safida uchta o'yin o'tkazdi, biroq hali samarali harakatlar bilan ajralib chiqmadi.
«Burgut» laqabli Nurmagomedov so'nggi jangini 2020 yil 24 oktyabrda Abu-Dabi (BAA) yaqinidagi Yas orolida bo'lib o'tgan UFC 254 turnirida o'tkazgan. Ushbu jangda uning raqibi UFC engil vazn toifasidagi vaqtinchalik chempion, amerikalik Jastin Getji bo'lgan. Jang ikkinchi raundda rossiyalik sportchining bo'g'ish usuli orqali g'alabasi bilan yakunlangan. Bu g'alaba Nurmagomedov uchun faoliyatidagi 29-g'alaba bo'ldi.