Habib JCh pley-offida kutilmagan natija ko'rsatishi mumkin bo'lgan to'rtta terma jamoa nomini aytdi

UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov futbol bo'yicha jahon chempionatining pley-off bosqichidan nimalar kutayotgani bilan o'rtoqlashdi.
«Yaponiya, Kolumbiya, Senegal, Marokash — bu jamoalar juda qattiq hayron qoldirishlari mumkin. Men muxlislik qiladigan ikki jamoa — Niderlandiya va Marokashning o'zaro to'qnash kelib qolgani achinarli bo'ldi.
Shuningdek, Argentina — Kolumbiya uchrashuvini juda intizorlik bilan kutyapman. Albatta, agar ular o'z raqiblaridan o'ta olishsa. Saralashda kolumbiyaliklar o'z uylarida ularni mag'lub etishgan, safarda esa durang o'ynashgandi. Shunichaki, hayolimga kelgan fikrlar.
Braziliya — Yaponiya va Kot-d’Ivuar — Norvegiya — men uchun eng teng kuchli va qiziqarli to'rtlik. Har qanday terma jamoa keyingi bosqichga chiqishi mumkin», — deb yozdi Habib ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionatining 1/16 final bosqichi bugun JAR — Kanada uchrashuvi bilan start oladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar