Habib Bey «Marsel» bosh murabbiyligi lavozimidan ozod etildi

«Marsel» klubi rasmiy sayti orqali Habib Bey bilan hamkorlik to'xtatilganini ma'lum qildi.
«Marsel» futbol klubi Habib Bey bilan hamkorlik to'xtatilganini ma'lum qiladi. Klub Habib Beyga mehnati uchun minnatdorlik bildiradi va unga keyingi murabbiylik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi».
Habib Bey 2026 yilning fevral oyidan buyon «Marsel»ni boshqarib kelayotgan edi. Uning qo'l ostida jamoa 13 ta uchrashuv o'tkazib, 6 ta g'alaba qozondi, 1 marta durang o'ynadi va 6 bor mag'lubiyatga uchradi.
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, «Marsel» Frantsiya Ligasi 1 musobaqasi turnir jadvalida 5-o'rinni egalladi.
Bunga qadar Habib Bey Frantsiyaning «Renn» va «Red Star» klublarida ham bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar