Gyusto JCh-2026dan nimalar kutyapti?

«Chelsi» va Frantsiya terma jamoasi o'ng qanot himoyachisi Malo Gyusto Jahon chempionati boshlanishi arafasida jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
Mundial AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi. Frantsuzlar guruh bosqichida Senegal, Norvegiya va Iroq terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.
«Frantsiya terma jamoasini Jahon chempionatida himoya qilish imkoniyatiga ega bo'lganimdan juda faxrlanaman. Umid qilamanki, turnirda maydonga tushaman. Futboldagi faoliyatimni boshlagan ilk kunlarimdanoq bu haqda orzu qilardim», — deya Gyustoning so'zlarini keltiradi «Chelsi» matbuot xizmati.
16 iyun kuni «uchranglilar» guruh bosqichining birinchi turi doirasida Senegalga qarshi o'yin o'tkazishadi.
O'tgan Jahon chempionatida frantsuzlar finalgacha etib borib, penaltilar seriyasida Argentinaga imkoniyatni boy berishgan edi.