Gyundogan: "Virts aybdor emas"

Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ilkay Gyundogan "Liverpul"ning germaniyalik yarim himoyachisi Florian Virts haqida fikr bildirdi.
"Enfild"ga ko'chib o'tganidan keyin 22 yoshli Virts muntazam ravishda tanqidga uchramoqda, chunki u hamma kutayotgan darajani ko'rsata olmayapti.
"Bunday qimmat (125 mln evro) bo'lishida Floning aybi yo'q. Shunday bo'lsa-da, odamlar undan ko'p narsa kutishi aniq. Ammo Premer-ligada hech bir futbolchi Flodek ko'p vaziyat yaratmaganini o'qigandim. Men golli uzatma va gollarga emas, chuqurroq tahlilni ko'rishni istardim," - deya Gyundoganning so'zlarini keltiradi Transfer Sector.
Gyundoganning ta'kidlashicha, Virtsning ajoyib fazilatlarini ko'rmagan odam futbolda hech narsani tushunmaydi. U xavbekning samaradorligi yaqin bir oydayoq me'yoriga kelishiga ishonmoqda.