Gyundogan "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi

"Galatasaroy" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan sobiq jamoasi "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan so'ng intervyu berdi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida "shaharliklar" o'z maydonida 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollarga 11 va 29-daqiqalarda Erling Xoland hamda Rayan Sherki mualliflik qildi.
- "Etihad"ning kiyinish xonasida o'tirish biroz g'alati edi. Albatta, men uchun bu hayajonli oqshom. Alohida joy. Bu stadionda o'ynash har doim yoqimli. Ko'plab tanish chehralarni, muxlislarni ko'rdim - zo'r bo'ldi. Do'stim Bernardu Silva bilan futbolka almashdim. U bilan bog'liq ko'plab o'ziga xos xotiralarim bor. O'ylaymanki, u ham juda xursand bo'ldi," - deya Gyundoganning so'zlarini keltiradi City Report.
Germaniyalik futbolchi joriy mavsum avvalida "Manchester Siti" safini tark etdi.