Gyundogan Germaniya top-klubiga o'tishi mumkin

Germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundogan joriy transferlar davrida o'zining hozirgi klubi - "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin.
fotbollskanalen.se nashri tarqatgan xabarga ko'ra 34 yoshli futbolchida Germaniya chempionatida o'ynash varianti bor. Gyundoganga hamkorlikni Leverkuzenning "Bayer" klubi taklif qilishi mumkin. Ilkayning "shaharliklar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.
Avvalroq, "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola yarim himoyachining xizmatlariga qiziqmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Gyundoganning bozor narxi Transfermarkt portali tomonidan besh million evroga baholanmoqda.