Gyuler Xabi Alonsodan kelgan maxsus xabar haqida gapirib berdi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler sobiq ustozi Xabi Alonsodan xabar olgani haqida so'zlab berdi. Aprel oyida turkiyalik futbolchi Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Alyants Arena»da «Bavariya»ga qarshi kechgan bahsda «dubl» qayd etib, yorqin o'yin namoyish qilgandi.
«O'sha o'yindan so'ng Xabi Alonso menga xabar yozdi — u mendan juda faxrlanishini bildirdi. Buni o'qish men uchun juda yoqimli bo'ldi», — deya Gyulerning so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Eslatib o'tamiz, «qirollik klubi» Myunxenda 3:4 hisobida mag'lub bo'lib, Chempionlar ligasi bilan xayrlashgandi. Alonso joriy yilning yanvar oyida «Real» bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgan edi. Uning o'rnini mavsum yakuniga qadar jamoani boshqargan Alvaro Arbeloa egallagandi.