"Real" yarim himoyachisi Arda Gyuler Chempionlar Ligasidan o'rin olgan "Yuventus"ga (1:0) qarshi o'yindan keyin joriy mavsumdagi holati haqida gapirdi.

"Jamoa tarkibida o'zimni juda muhim his qilyapman. Xabiga rahmat, u menga ishonadi. U mendan tempni nazorat qilishimni, ijodkor bo'lishimni so'raydi.

Qaerda yaxshiroq o'ynashim mumkin? Men u erda ham, bu erda ham o'ynay olaman. Agar gol urish va assistentlik qilish kerak bo'lsa, "o'nlik" bo'lishim mumkin, ammo "sakkizlik"da ham o'zimni qulay his qilaman.

Mbappe bilan o'zaro tushunish? Ajoyib, u ajoyib yigit," - dedi Gyuler Movistar’ga.

Eslatib o'tamiz, aynan Gyuler "Real" - "Yuventus" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.