Gyuler: "Xabi Alonso aytsa, darvozabon bo'lishga ham tayyorman"

Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Arda Gyuler jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso haqida fikr bildirdi.
"Men Xabi Alonsoning rejalari haqida to'liq ishonchga egaman. Agar bir kun u menga darvozabon bo'lishimni aytsa, men qo'lqop sotib olaman!", - dedi 20 yoshli xavbek.
Gyuler madridliklar safida joriy mavsumda 10 ta o'yinda 3 ta gol urib, 4 ta assist berdi.