Yakshanba kuni Gonsalo Garsiya Madridning "Real" klubi safida ilk xet-trikini qayd etdi.

21 yoshli forvard "Betis" darvozasiga 3 bor yo'l topdi va "qaymoqranglilar"ga yirik 5:1 hisobida g'alaba keltirdi.

- Sen bunga loyiqsan, ukam. Gonsalooooo," - deb yozdi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 82-daqiqada ispaniyalik futbolchiga assistentlik qilgan Arda Gyuler.

Gonsalo Garsiya jarohat tufayli safdan chiqqan Kilian Mbappe o'rniga asosiy tarkibda maydonga tushdi.