Gyuler «Real»ni yana 2 million evroga tushirdi

Ispaniya chempionatining 11-turida Madridning "Real" klubi «Valensiya»ni 4:0 hisobida mag'lub etdi. Ushbu bahsda «qaymoqranglilar»ning turkiyalik yarim himoyachisi Arda Gyuler ham maydonga tushdi.
Bu uchrashuv Gyuler uchun «qirollik klubi» safidagi 75-o'yin bo'ldi. Diario AS nashri ma'lumotiga ko'ra, ushbu bellashuvdan so'ng Madridning "Real" klubi «Fenerbaxche»ga 2 million evro bonus to'laydi.
Eslatib o'tamiz, Gyuler 2023 yil yozida Madridning "Real" klubiga qo'shilgan edi. Shundan beri u 75 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 17 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Futbolchining shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi, uning bozor qiymati esa 60 million evro deb baholangan.
Kommentariyalar