Gyuler Mbappe tomon bildirilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler Kilian Mbappega nisbatan tanqidlarni noo'rin deb hisoblamoqda.
"Mbappeni tanqid qilish? Unga o'zi istagancha o'ynashga imkon berish kerak. Kilianning iste'dodi unga erkinlik huquqini beradi. U nima qilayotganini biladi va nima uchun dribling qilayotganini juda yaxshi tushunadi. U ketgach, men uning o'rnini egallay olaman," - deya Gyulerning so'zlarini keltiradi Madrid Zone.
Kilian Mbappe joriy mavsum Xabi Alonso jamoasi safida 10 ta o'yinda 14 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.