Gyuler - La Ligada sentyabr oyining eng yaxshi yosh futbolchisi

Arda Gyuler La Ligada sentyabr oyining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
"Real" yarim himoyachisi 23 yoshdan oshmagan futbolchilar orasida eng yaxshi deb topildi. Sentyabr oyida turk La Ligada 4 ta o'yinda 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Gyuler ovoz berishda Fermin Lopes ("Barselona"), Xavi Gerra ("Valensiya"), Karlos Alvares ("Levante") va Martim Netuni ("Elche") ortda qoldirdi.