Madridning «Real» klubi hujumkor yarim himoyachisi Arda Gyuler joriy mavsumdagi La Liganing eng ko'p golli uzatma bergan futbolchilari ro'yxatida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Turkiyalik futbolchi 27-tur doirasidagi «Selta»ga qarshi juma kungi bahsning 11-daqiqasida hisobni ochgan Orelen Tchuameniga golli pas etkazib berdi. Endilikda Gyulerning hisobida sakkizta golli uzatma mavjud — bu chempionatdagi ikkinchi ko'rsatkich bo'lib, u «Xetafe» a'zosi Luis Milya bilan bir xil natija qayd etmoqda.

Reytingda faqatgina «Barselona» futbolchisi Lamin Yamal undan yuqorida bormoqda, uning hisobida to'qqizta assist bor.