Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Arda Gyuler uchun yangi mavsum ajoyib boshlandi.

Opta xabariga ko'ra, 20 yoshli turkiyalik xavbek yangi mavsumda top-5 ligalarida raqib darvozasi oldida 10+ golli vaziyat yaratgan birinchi futbolchiga aylandi.

Gyuler yangi mavsumda 2 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta assist berdi.