Gyuler "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin suv idishni tepaman deb, yiqilib tushdi (Video)

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga qarshi o'yindan so'ng (2:3) hissiyotlarini jilovlay olmadi.
20 yoshli futbolchi uchrashuvning 68-daqiqasida Federiko Valverde o'rniga zaxiradan maydonga tushdi, 73-daqiqada esa "qaymoqranglilar" uchinchi golni o'tkazib yuborishdi va bu "ko'k-anorranglilar"ning g'alabasiga sabab bo'ldi.
Final hushtagi chalinishi bilanoq, "Barsa" futbolchilari bayramni nishonlash uchun yugurib ketishayotganda, Gyuler g'azabdan yon chiziqdan bir necha metr narida turgan suv idishini tepib yubordi, ammo keyin muvozanatni saqlay olmadi va sirpanib ketdi. Epizod kameralarga tushib qoldi.
"Real" o'tgan mavsumdan buyon ketma-ket uchinchi finalda "Barselona"ga yutqazdi.
Arda Güler slipped while angrily kicking a bottle after the final whistle against Barcelona ????
— CentreGoals. (@centregoals) January 12, 2026
pic.twitter.com/K8B8oOuFhq