Gyuler Anchelottini tarixdagi eng yaxshi murabbiylardan biri deb atadi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler jamoaning sobiq ustozi Karlo Anchelotti haqida fikr bildirdi. Ayni paytda italiyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasida ishlamoqda.
"Karlo - tarixdagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Bir paytlar u jurnalistlarga men dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biriga aylanishimni aytganini unutmasligimiz kerak. O'ynamagan paytlarimda qiynalganman, lekin aytilgan gaplar ambitsiyamni oshirib yuborgan. Men o'z imkoniyatimni kutdim," - deya Gyulerning so'zlarini keltiradi Marca.
20 yoshli turkiyalik futbolchi "qaymoqranglilar" safida 2023 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. U joriy mavsum 10 ta o'yinda 3 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.