Gyottse: «Messi mening kumirim edi»

2014 yilda Mario Gyottse Braziliyadagi Jahon chempionati final o'yinining qo'shimcha vaqtida Argentina terma jamoasi darvozasiga gol urib, o'z idoli Lionel Messini xafa qilishga majbur bo'lgan edi.
«Messi betakror, uning hozirda ham, 39 yoshida o'z darajasida qanday qilib o'yin ko'rsatayotganini tushuntirib bo'lmaydi. U mening idolim edi, Jahon chempionati finalidan so'ng men undan birga tushgan suratni so'ragan edim. U dunyodagi maydonda piyoda yurishga o'ziga ruxsat bera oladigan yagona o'yinchidir», — deya germaniyalik faxriyning so'zlarini The Athletic keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, hozirda Lionel Messi Shimoliy Amerikada «Mayami» sharafini himoya qilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar