Gvardiolaning o'rnini kim egallaydi? Fabritsio Romano "Manchester Siti"ning asosiy nomzodini ma'lum qildi

Nufuzli insayder Fabritsio Romano "Chelsi" sobiq ustozi Entso Mareska murabbiylik faoliyatini qaerda davom ettirishi mumkinligi haqida gapirib berdi.
"Mareska — Gvardiola ketgan taqdirda "Manchester Siti" short-listidagi birinchi raqamli nomzod hisoblanadi. "Tottenxem" deysizmi? "Shporlar"ga kelsak, bu borada menda hech qanday ma'lumot yo'q", — dedi insayder o'zining YouTube-kanalida.
Eslatib o'tamiz, Gvardiolaning "shaharliklar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Mareska 2022/2023 yilgi mavsumda "Manchester Siti"da Pepning assistenti bo'lib ishlagan.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida "shaharliklar" ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Manchester Siti" peshqadam "Arsenal"dan to'rt ochko ortda qolmoqda.