Gvardiola yoki Arteta emas: APLda oyning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Angliya Premer-ligasida sentyabr oyi yakunlariga ko'ra eng yaxshi murabbiy tanlandi. Mukofotni "Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner qo'lga kiritdi.
Sovrin uchun kurashda Glasner Xosep Gvardiola, Mikel Arteta va Rojer le Bri kabi mutaxassislarni ortda qoldirdi.
Sentyabr oyida bo'lib o'tgan Premer-liganing uchta o'yinida "Kristal Pelas" etti ochko to'pladi. Oliver Glasner jamoasi "Sanderlend" bilan durang o'ynadi (0:0), keyin "Vest Xem" (2:1) va "Liverpul"ni (2:1) mag'lub etdi.
Ayni paytda "Kristal Pelas" Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda. Etti turda "burgutlar" 12 ochko to'plashga muvaffaq bo'lishdi.