Gvardiola: "Xolandni Ronaldu va Messi bilan solishtirish mumkin"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchi Erling Xolandni Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bilan solishtirishga loyiq deb hisoblaydi.
25 yoshli futbolchi joriy mavsumda “shaharliklar” safida 7 ta o'yinda 9 ta gol urdi.
"Gol urish borasida uni Ronaldu va Messi bilan solishtirish mumkin. Erling hatto o'z yoshiga nisbatan kutilganidan ham ko'p gol urmoqda", – dedi Pep.