"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola dunyoning eng yaxshi hujumchisi kimligini aytdi.

— Xoland asosiy tarkibga qaytadimi?

— Erling — dunyodagi eng yaxshi hujumchi.

— Demak, u maydonga tushadimi?

— Ertagacha hech narsani bilmayman. Ayta oladigan yagona gapim: Erling — eng zo'ri, — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Yakshanba kuni "Manchester Siti" safarda "Liverpul"ga qarshi maydonga tushadi. O'yin 8 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.