"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa hujum chizig'ida faqatgina Erling Xolandga tayanib qolganidan jiddiy xavotirda.

City Xtra xabariga ko'ra, "shaharliklar" bosh murabbiyi yanvar oyida jamoaga hujum chizig'ida ko'proq gol uradigan futbolchi kelishini istamoqda. "Bornmut" vingeri Antuan Semeno bu yo'lda ideal echim hisoblanmoqda.

"Liverpul" ham jiddiy qiziqish bildirayotgan 25 yoshli ganalikning tovon puli 65 million funt hisoblanadi.

Semeno joriy mavsumda jami 12 ta o'yinda 9 ta golda ishtirok etgan - 6 ta gol, 3 ta assist.