"Manchester Siti" shanba oqshomida "Byornli"ni o'z maydonida qabul qiladi.

"Shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola raqib tarkibidagi Kayl Uoker haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Ishonchim komilki, Uokerni ko'rishdan hamma xursand bo'ladi. U aql bovar qilmaydigan yillarni shu erda o'tkazdi. U to'qqiz yoki o'n yil davomida bizning bu erdagi asosiy o'ng qanot himoyachimiz edi. Ishonchim komilki, u muxlislarimizdan olqishlar eshitadi. U bunga loyiq. U tarixdagi eng buyuk qanot himoyachilaridan biri," - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

"Manchester Siti" - "Byornli" uchrashuvi 27 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.