Gvardiola: "Umid qilamanki, Bernardu Silva shartnomani asrlarga uzaytiradi"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarimhimoyachi Bernardu Silvaning kelajagi haqida gapirdi. Seshanba kuni portugaliyalik futbolchi "shaharliklar"ga safarda "Nyukasl"ni mag'lub etishga yordam berdi (2:0) va golli uzatmani amalga oshirdi.
"Bernardu qanchalik yaxshiligini tasavvur ham qilolmaysiz. Bizga u etishmaydi. Umid qilamanki, u klub bilan shartnomasini bilmadim necha asrga uzaytira oladi. Bu yigit jangchi, u barcha qoidalarni biladi, hamma narsani biladi", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi jurnalist Sem Li.
31 yoshli "Manchester Siti" sardorining amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o'z nihoyasiga etadi.