Gvardiola:«Ular har doim sizni jim bo'lishga majbur qiladi»

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchi Erling Xoland jamoasining o'yini tufayli gol ura olmayotganini aytdi.
25 yoshli norvegiyalik futbolchi so'nggi to'qqizta o'yinda faqat bir marta - "Brayton" darvozasiga penaltidan gol urgan. Golsiz seriya beshta o'yinga etdi.
- Xoland hali ham qattiq charchoq his qilyaptimi?
- Ko'ramiz. Uning gol urmayotganining sababi - jamoa. Jamoa yaxshiroq o'ynashi, ko'proq vaziyatlar yaratishi kerak va u gol uradi.
Hujumchilarga hech qachon past baho bermang, chunki ular har doim sizni jim bo'lishga majbur qiladi. U umrining oxirigacha gol uradi, bu aniq," - dedi Pep.
Chorshanba kuni "Siti" Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida "Galatasaroy"ni qabul qiladi.