Yakshanba kuni "Manchester Siti" Premer-liga doirasida "Tottenxem" mehmoni bo'ladi. Juma kungi matbuot anjumanida "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'rniga uning yordamchisi Pep Leynders chiqish qildi.

"Murabbiy bilan hammasi joyida, har doimgidek. U shuhratparastlik va ehtirosga to'la. Bu shaxsiy masala. Bugun u Manchesterga qaytadi", - dedi Leynders jurnalistlarga.

BBC xabariga ko'ra, payshanba kuni Xosep Gvardiola Barselonadagi xayriya kontsertiga tashrif buyurgan.

"Manchester Siti" Premer-liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam "Arsenal"dan Xosep Gvardiola jamoasi 4 ochko ortda qolmoqda.