Gvardiola terma jamoalar o'yinlaridagi pauzalarni yoqtiradi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola terma jamoalar o'yinlaridagi pauzalar haqidagi savolga javob berdi. Gvardioladan bir nechta qisqa pauzalar o'rniga bitta katta pauza bo'lgani ma'qulmi, deb so'rashdi.
- Bilmadim. Menga pauzalar yoqadi, chunki biroz dam olish mumkin. Men ishimni yaxshi ko'raman, lekin tanaffus qilish imkoniyatini ham yaxshi ko'raman. Jahon futbolining kattalari nima qaror qabul qilishidan qat'i nazar - biz buni qabul qilamiz," - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilda terma jamoalar o'yinlari uchun kuzgi tanaffuslar uch emas, ikkita bo'ladi. Sentyabr va oktyabr oylaridagi tanaffuslar birlashtirildi. Tegishli taqvim FIFA saytida ko'rsatilgan.