Pep Gvardiola "Manchester Siti"ning 6 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasidan mamnun.

5 oktyabr kuni "Brentford" APL 7-turi doirasida "Siti"ni qabul qiladi.

- "Man Siti" 6 ta o'yinda mag'lubiyatga uchramadi?

- Men uchun eng quvonchli tuyg'u - biz yaxshilanganimiz. Menga bu tuyg'u va biz yanada yaxshiroq bo'lishimiz mumkinligini his qilish yoqadi.

Murabbiy sifatida menga bu his yoqadi - biz yana shiddatli o'ynayapmiz, tempni ushlab turibmiz. Biz yanada harakatchan va barqaror bo'ldik.

Ammo biz yanada yaxshiroq o'ynay olamiz va bu menga yoqadi, - dedi "shaharliklar" bosh murabbiyi Gvardiola.