Shanba kuni "Manchester Siti" Premer-liga doirasidagi "Byornli"ga qarshi uy uchrashuvini o'tkazadi.

Matbuot anjumanida "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kadrlar bilan bog'liq muammolarga izoh berdi. Gvardiolaning so'zlariga ko'ra, u 4 futbolchiga umid qilmayapti.

"Xoland tayyor. Ait-Nuri va Sherki - tayyor emas. Marmush va Husanov - tayyor emas. Kovachichda o'ynash imkoniyati bor. Kovachichning qaytishi katta yordam bergan bo'lardi. Uzoq vaqt o'ynamadi, operatsiya bo'ldi. Lekin u tayyorgarlik ko'ryapti. Hozir u to'liq tayyor emas," - dedi Gvardiola jurnalistlarga.

"Manchester Siti" - "Byornli" uchrashuvi 27 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.