Gvardiola "Siti"ga etishmayotgan o'yinchi kim ekanligini aytdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jarohat olgan Mateo Kovachich haqida fikr bildirdi.
Xorvatiyalik yarim himoyachi jarohati sababli o'tgan yilning oktyabr oyidan beri maydonga tushmayapti.
"Kova allaqachon maydondagi mashg'ulotlarni boshladi. U bizga juda etishmayapti, chunki u alohida mahoratga ega. O'tgan kuni u bilan gaplashdim va u o'zini juda yaxshi his qilmoqda — birinchi operatsiyadan keyingiga qaraganda ancha yaxshi. U mavsumning yakuniy qismida bizga yordam bera olishidan umidvorman. Unda o'ziga xos fazilatlar va o'zgacha mentalitet bor. Eng muhimi — uning sog'lig'i. Biz u to'liq tiklanishini va yana futbol o'ynashini xohlaymiz", — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
Bugun "shaharliklar" Angliya Kubogi bahsida o'z maydonlarida "Solford Siti"ni qabul qilishadi.