«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning braziliyalik vingeri Savio haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Yoshiga qaramay, u yakkama-yakka vaziyatlarda to'xtatib bo'lmas darajada kuchli. Ishimizni oxirigacha etkazsak, u yuqori toifadagi futbolchiga aylanadi», — deya Gvardiolaning so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirmoqda.

Joriy mavsumda 21 yoshli Savio barcha musobaqalarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va o'z hisobiga 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

11 mart kuni «Manchester Siti»ni Madridning «Real» klubiga qarshi safardagi muhim bahs kutmoqda.