Gvardiola "Siti"dan yanada yaxshiroq o'yin kutmoqda

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasida "Real" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Santyago Bernabeu"da kechgan umumiy bosqich 6-turidan o'rin olgan uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi.
- Meni noto'g'ri tushunmang. "Bernabeu"da g'alaba qozonish juda qiyin vazifa. Ayniqsa, bu turnirda. Lekin shu bilan birga... yarim final yoki finalga chiqishni istasak, yaxshiroq o'ynashimiz kerak. Biz buning ustida ishlayapmiz," - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi City Report.
Mutaxassis o'z futbolchilarining harakatlaridan to'liq qoniqayotganini, ammo oldinga siljish kerakligini yana bir bor ta'kidladi. Murabbiy hozirgi o'yinchilar tanlovi bilan muvaffaqiyatga erisha olishiga ishonchi komil.
Kommentariyalar