Gvardiola «Siti»dagi himoyachilar bilan bog'liq vaziyatga to'xtaldi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa himoyachisi Ruben Diashning tiklanish muddatini aytdi.
"Bizda vaziyat murakkab ekanini hamma biladi. Diashning tizza osti payida muammo bor. U to'rt haftadan olti haftagacha safdan chiqdi," - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
- Stouns? Bilmadim. U keyingi o'yinlarga tayyor emas. Akeda hammasi joyida. Gvardiolga kelsak, u uzoq muddatga safdan chiqdi," - dedi mutaxassis.