«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumkor yarim himoyachi Rayan Sherkining iqtidoridan hayratda qolganini yashirmadi.

«Sherki — men hayotimda ko'rgan eng g'ayritabiiy iqtidor sohiblaridan biri. U meni hayratda qoldirdi. Umid qilamanki, u bu erda ko'p yillar davomida to'p suradi, chunki unda eng yuqori darajadagi futbolchiga aylanish uchun barcha fazilatlar mavjud», — deya Gvardiolaning so'zlarini keltirmoqda The Touchline.

Rayan Sherki o'tgan yilning iyun oyida «Lion»dan «Manchester Siti» safiga kelib qo'shilgan edi.

«Shaharliklar»ning «Chelsi»ga qarshi bahsi Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.