Vinger Rayan Sherki "Manchester Siti" lazaretiga tushib qoldi. Yakshanba kuni 22 yoshli frantsuz "shaharliklar" safida Premer-liganing "Brayton"ga qarshi safar o'yinida maydonga tushmadi. "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 1:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng, yaqin haftalarda Sherki maydonga tusha olmasligini tasdiqladi.

"Sherki ikki oychaga safdan chiqdi. U etti yoki sakkiz haftani o'tkazib yuboradi," - dedi Gvardiola jurnalistlarga.

Agar taxminlar to'g'ri bo'lsa, Rayan Sherki noyabr oyiga yaqin yana "Manchester Siti"da o'ynashi mumkin.