"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning yangi a'zosi - vinger Antuan Semeno haqidagi savolga javob berdi.

Gvardioladan bu futbolchi bir mavsumda 25tadan gol urishga qodirmi, deb so'rashdi. Bunga javoban mutaxassis futbolchini moslashish uchun ko'p vaqt bo'lmasligi haqida ogohlantirdi.

- Bilmadim. U tezda moslashishi kerak bo'ladi, chunki bu erda futbolchilar o'ziga xos. Klub haqiqatan ham juda yuqori darajada va u tezda moslashadi," - dedi Gvardiola jurnalistlarga.

Shanba kuni Angliya kubogining 3-bosqichi doirasida "Manchester Siti" "Ekseter Siti"ni qabul qiladi.