"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning braziliyalik vingeri Savino haqida fikr bildirdi.

"Savino? Pff... Savino aniq uzatmalarni amalga oshirishni o'rganganida, u ikkala qanotda ham ajoyib vingerga aylanadi", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi City Report.

Joriy mavsumda 21 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.