Dushanba kuni Xosep Gvardiola ishtirokidagi matbuot anjumani ikki daqiqa davom etdi, ammo murabbiy baribir ba'zi savollarga javob berdi. "Manchester Siti" ustozidan yarim himoyachi Rodrining ahvoli haqida so'rashdi.

- Rodri o'ynashga tayyormi?

- Hozircha yo'q.

- Dam olish kunlariga Rodri tayyor bo'ladimi?

- Bilmadim.

Ma'lumki, Rodrining sonida muammo bor. U "Manchester Siti"ning barcha musobaqalardagi so'nggi o'nta o'yinidan faqat bittasida ishtirok etgan.

2 dekabr, seshanba kuni "Manchester Siti" Angliya chempionati doirasida "Fulxem" mehmoni bo'ladi.