"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Barselona" bosh murabbiyligidagi eng yaxshi lahzalari haqidagi savolga javob berdi.

Gvardiola 2008-2012 yillarda "ko'k-anorranglilar"ning asosiy jamoasiga ustozlik qilgan.

"Qaysi birini tanlashni bilmayman... "Barselona"dagi davrdan birinchi navbatda La Liga chempionligi va Madridda "Real" ustidan qozonilgan g'alaba (6:2) yodga olinadi. Shuningdek, Chempionlar Ligasidagi ikkinchi g'alaba," - dedi Gvardiola.

"Barselona" Xosep Gvardiola qo'l ostida 2009 va 2011 yillarda Chempionlar ligasida g'olib bo'lgan. Ikkala holatda ham kataloniyaliklar "Manchester Yunayted"ni mag'lub etishgan - 2:0 va 3:1.