Gvardiola "Real"ga qarshi o'yin qahramonini maqtadi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Niko O'Raylining o'yini haqida qanday fikrda ekanini aytdi. Chorshanba kuni 20 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi doirasida Madridning "Real" klubiga qarshi o'yinda gol urdi. Uchrashuv 2:1 hisobida "shaharliklar"ning g'alabasi bilan yakunlandi va yosh inglizga bellashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirildi.
"Niko juda yaxshi. Aftidan, u hozirda Angliya terma jamoasining asosiy chap qanot himoyachisi. Uning aql bovar qilmaydigan tezligi bor, u aqlli. To'g'ri, ba'zida xatolar bo'lib turadi, lekin u harakat qiladi va bu ajoyib natija beradi," - dedi Gvardiola o'yindan keyingi intervyusida.
"Manchester Siti" safidagi ikkinchi gol Erling Xoland tomonidan penaltidan kiritildi. "Real" safida Rodrigo gol urdi.