Gvardiola "Real"ga qarshi 28 ta o'yinning 14 tasida g'alaba qozongan

Pep Gvardiola "Real" bilan o'yinlarda ko'proq muvaffaqiyatga erishmoqda.
Kecha 54 yoshli mutaxassis boshchiligidagi "Manchester Siti" Chempionlar ligasida madridliklarni ularning o'z maydonida 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Bu Gvardiolaning "Real"ga qarshi bosh murabbiy sifatidagi 28-o'yini edi. Pep 14 ta g'alaba qozongan, 8 marta mag'lubiyatga uchragan va yana 6 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan.
Ispaniyalik mutaxassis "Man Siti"ga kelishidan oldin "Bavariya" va "Barselona" jamoalariga murabbiylik qilgan.