"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Madridning "Real" klubi futbolchisi Rodrigoning o'yinidan hayratda ekanini aytdi.

Braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasining chorshanba kuni bo'lib o'tgan o'yinining 28-daqiqasida "shaharliklar" darvozasini ishg'ol qildi. "Qaymoqranglilar"ga bu etarli bo'lmadi: mehmonlar tanaffusga qadar ikki gol urishdi va ikkinchi bo'limda ustunlikni saqlab qolishdi.

«Men Rodrigoning oldiga bordim-da, dedim: - Sen juda ajoyibsan. U haqiqatan ham aql bovar qilmaydigan o'yinchi», - dedi Gvardiola o'yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatda.

"Manchester Siti"ga qarshi o'yingacha Rodrigo "Real" safida ketma-ket 32 uchrashuvda gol ura olmagandi.