Gvardiola: "Nyukasl" tanaffusga qadar "Qorabog'"ga 9ta gol urishi mumkin edi"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bo'lajak o'yindagi raqib "Nyukasl"ning kuchini baholadi.
"Men "Nyukasl"ning "Qorabog'"ga qarshi so'nggi o'yinini ko'rdim bu juda g'ayrioddiy edi. "Nyukasl" tanaffusgacha 5:0 hisobida oldinda borayotgandi, ammo 9:0 hisobida oldinda bo'lishi mumkin edi. "Qorabog'" darvozaboni aql bovar qilmaydigan uch-to'rt seyv amalga oshirdi. Ritm, temp, intensivlik - bu Eddi Xauning jamoasi, biz uni Chempionlar ligasiga birinchi marta chiqqanidan beri eslaymiz", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi City Xtra.
"Manchester Siti" Premer-liga jadvalida ikkinchi, "Nyukasl" esa o'ninchi o'rinda bormoqda.