"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL 18-turidan o'rin olgan "Nottingem Forest"ga qarshi o'yindan so'ng raqibga yuqori baho berdi.

- Bu ajoyib jamoa. Ularning jamoasi juda sifatli. O'tgan mavsumda Chempionlar ligasigacha bir-ikki o'yin etmay qolgandi, hozir esa evrokuboklarda o'ynamoqda. Ularning maydoniga qishda tashrif buyurish juda qiyin" - dedi murabbiy.

Bahs 27 dekabr kuni bo'lib o'tdi va Gvardiola jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.