Gvardiola - Niko Gonsales haqida: "Bunday o'yinchi murabbiy uchun sovg'a"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Niko Gonsalesni maqtadi.
"Niko - juda o'rganuvchan futbolchi va u hali juda yosh. Yangi narsalarni o'rganmoqchi bo'lgan o'yinchilar murabbiy uchun haqiqiy sovg'adir. Ba'zilar bilan bu borada qiyinroq," - dedi Gvardiola o'yindan keyingi intervyusida.
Niko Gonsales joriy yilning fevral oyida "Portu"dan "Manchester Siti"ga o'tgan edi. Transfer qiymati 60 mln evroni tashkil etgan.