Gvardiola: «Muvaffaqiyatsizlikka to'g'ri munosabatda bo'lish muhim»

Angliya Premer-ligasining 35-turi doirasida «Manchester Siti» o'z maydonida «Brentford»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondni.
Uchrashuvdagi barcha gollar ikkinchi bo'limda kiritildi. Jeremi Doku (60-daqiqa), Erling Xoland (75) va Omar Marmush (90+2) tomonidan kiritilgan to'plar mezbonlarga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
«O'tgan turda «Everton»ga qarshi bahsda g'alabani qo'ldan chiqargan edik, lekin bu — futbol. Muvaffaqiyatsizlikdan so'ng to'g'ri xulosa chiqarib, munosabat bildirish juda muhim. Bugun Mark Gexi va Natan Ake o'zlarini juda yaxshi ko'rsatishdi. Men jamoam o'yinidan mamnunman», — deya bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning so'zlarini keltirmoqda City Report.
Ushbu g'alabadan so'ng «Manchester Siti» 35 turdan keyin turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam «Arsenal»dan ikki ochkoga ortda qolmoqda.
Kommentariyalar