Gvardiola: "Men yana APL va Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishni istayman"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'z maqsadlari haqida gapirdi. Ispaniyalik "shaharliklar"ni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda va o'tgan mavsum uning qo'l ostidagi jamoa uchun eng yomoni bo'ldi. Premer-ligada uchinchi o'rin va Chempionlar ligasi pley-offining dastlabki bosqichidan tushib ketdi.
"Men yana APL va Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishni istayman, ammo bu ertalab uyg'onadigan narsa emas. Gap jarayonda, yo'lda, mukammallikka intilishda", - dedi murabbiy "Vest Xem"ga qarshi shanba kungi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Ayni damda Gvardiola jamoasi Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadam "Arsenal"dan 2 ochko ortda qolib, 2-o'rinda bormoqda.